Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Ermak garov puli uchun mablag‘i yetarli emasligini bildirdi

Ermak garov puli uchun mablag‘i yetarli emasligini bildirdi

Uning advokati esa "Bu bir Jip to‘la pul" ekanini aytdi.

Ukraina prezidenti ofisining sobiq rahbari Andrey Yermak agar sud 180 million griven (taxminan to‘rt million dollar) miqdorida garov belgilasa, uni to‘lash uchun yetarli mablag‘i yo‘qligini ma’lum qildi.

Ermakning advokati har qanday garov miqdori shaxsning uni to‘lash imkoniyatiga mos kelishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, himoyasi ostidagi shaxsning daromadi taxminan 10 million grivenni tashkil qiladi, shuningdek, unda 2019 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes avtomobili va uch xonali kvartira bor.

"Ular juda qimmat deb o‘ylamayman. 2019 yilgi Mercedes bu qanchadir pul, balki 50 ming dollardir. Ammo 180 million — bu 4 million dollar degani. Bu, ehtimol, bir Jip to‘la pul bo‘lsa kerak", — dedi advokat.

Ermak jinoiy guruh tarkibida pul yuvishda — Kiyev yaqinidagi "Dinastiya" majmuasi qurilishi orqali ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda (tergov talqiniga ko‘ra, to‘rtta qarorgohdan biri unga mo‘ljallangan bo‘lgan).

Kiritildi: Bugun 08:36. O'qildi: 564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!