Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Si Jinpinga 24 sentyabr kuni javob tashrifi bilan Oq uyga borishni taklif qildi

Tramp Si Jinpinga 24 sentyabr kuni javob tashrifi bilan Oq uyga borishni taklif qildi

Pekinda Xitoy va AQSh yetakchilari ishtirokida ziyofat bo‘lib o‘tdi. Unda Ilon Mask, Tim Kuk, Pit Hegset va Marko Rubio ham ishtirok etdi.

Si Jinpin Donald Trampning Pekinga tashrifini “tarixiy voqea” deb atadi va Xitoy hamda AQSh bir-biriga muvaffaqiyatga erishishda yordam berishi hamda butun dunyo farovonligiga hissa qo‘shishi mumkinligini ta’kidladi.

"Biz munosabatlarimiz samarali bo‘lishini va hech qachon buzilmasligini ta’minlashimiz kerak. Davlatlarimiz raqib emas, balki hamkor bo‘lishi lozim. Xitoy millatining buyuk taraqqiyoti va Qo‘shma Shtatlarning qayta tiklanishi yonma-yon davom etishi mumkin", — dedi XXR yetakchisi.

Tramp esa AQSh va Xitoy xalqlari ko‘plab umumiy jihatlarga ega ekanini, xususan, xitoyliklar basketbolni yaxshi ko‘rishini va ko‘k jinsi shim kiyishini, Qo‘shma Shtatlarda esa Xitoy restoranlari soni mamlakatdagi eng yirik beshta tezkor ovqatlanish tarmoqlari yig‘indisidan ham ko‘pligini aytdi.

AQSh prezidenti, shuningdek, Xitoy rahbariga “boshqa hech bir joyda bo‘lmagan ulug‘vor qabul” uchun minnatdorlik bildirdi.

Kiritildi: Bugun 18:56. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!