Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Trampning muzokaralar o‘tkazish taklifiga rozi bo‘ldi.
Tramp bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Avvalroq AQSh yetakchisi Pentagon kotibi Pit Xegsetga Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashqlar ko‘lamini sezilarli darajada kamaytirishni buyurganini e’lon qilgan va ular Shimoliy Koreyaga "mutlaqo noo‘rin va dushmanona signal" yuborishini ta’kidlagan edi. Shuningdek, u Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan "juda yaxshi munosabatlari"ni yana bir bor ta’kidladi.