Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tramp saylovoldi safari doirasida McDonald's'da ishlab ko‘rdi

Tramp saylovoldi safari doirasida McDonald's'da ishlab ko‘rdi

Shundan so‘ng, restoranlar tarmog‘i prezidentlikka nomzodlarning hech birini qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi.

Kuni kecha AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod ovoz berish natijasi saylov natijasini belgilaydigan shtatlardan biri bo‘lgan Pensilvaniyadagi McDonald's restoraniga tashrif buyurdi. Tramp ma’lum muddat davomida ovqat tayyorlashda, kartoshkani qadoqlashda va mijozlarning buyurtmalarini tarqatishda yordam berdi. Keyin u o‘sha yerning o‘zida matbuot anjumani o‘tkazdi.

Trampning tashrifidan so‘ng, McDonald's saylanadigan lavozimlarga, shu jumladan Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlamasligi haqida bayonot berdi. Kompaniya Trampning o‘zi restoranga tashrif buyurishni xohlaganini qo‘shimcha qildi.

"Biz bunga o‘z qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan yondashdik: biz hamma uchun ochiqmiz", deya tushuntirdi McDonald's.

McDonald's Trampning raqibi Kamala Harrisni ham o‘z restoranlariga taklif qildi. Avvalroq Harris McDonald's tarmog‘ida talabalik davrida ishlaganini aytgan edi.

Kiritildi: 22:10 21.10.2024. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!