Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda

Bu haqda amerikalik respublikachi senator va sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi muallifi Lindsi Grem ABC News'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, kecha Tramp bilan golf o‘ynagan va prezident unga birinchi marta: "Sizning qonun loyihangizni kiritish vaqti keldi", degan. Grem bu Trampning qarori ekanini aytgan va senatorlar prezidentga Putinni muzokara stoliga o‘tkazish uchun “qurol” taqdim etayotganini tushuntirgan.

Senatorning aniqlik kiritishicha, qonun loyihasi iyuldagi ta’tilardan so‘ng qabul qilinishi kutilmoqda. An’anaga ko‘ra, Senat iyul oxirida tanaffusga chiqadi va sentyabrda ishga qaytadi.

Grem qonun loyihasi qanday ishlashini ham tushuntirib berdi. "Agar siz Rossiyadan mahsulot sotib olsangiz va Ukrainaga yordam bermasangiz, sizning Qo‘shma Shtatlarga kirayotgan mahsulotlaringizga 500 foizlik boj solinadi", — dedi u.

Senatorning aytishicha, qonun loyihasi prezident Trampga Rossiya neftini sotib olayotgan va shu tariqa “Putinning harbiy mashinasini” qo‘llab-quvvatlayotgan Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarga nisbatan bojlar joriy etish imkonini beradi.

Kiritildi: 21:25 29.06.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!