Bugun 19 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qarorni 60 kun ichida qabul qilishi mumkin

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qarorni 60 kun ichida qabul qilishi mumkin

Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yakuniy qarorni 60 kun ichida qabul qilishi mumkin — AQSh davlat kotibi.

Marko Rubioning ma’lum qilishicha, Donald Tramp Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar va boj tariflarini bekor qilish masalasini yakuniy tarzda hal qilgani yo‘q.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar va tariflarni joriy etishning jahon hamda AQSh iqtisodiyotiga ta’sirini tahlil qilish uchun 60 kunlik muddatdan foydalanmoqchi.

Tramp 16 oktyabr kuni Rossiya bilan bog‘liq muhim sanksiyalar va tariflarni vaqtincha qo‘llamaslik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. “Jahannam sanksiyalari” deb nomlangan ushbu choralar vafot etgan respublikachi senator Lindsi Grem tomonidan ilgari surilgan hamda o‘tgan oyda imzolangandi. Ushbu hujjat Rossiya nefti va gazining yirik importchilariga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etishni nazarda tutadi. Shuningdek, unda Rossiyaning boshqa mahsulotlariga 500 foizlik boj qo‘llash chorasi ham kuzda tutilgan edi. Ushbu cheklovlar kelasi haftadan kuchga kirishi kerak edi.

Kiritildi: Bugun 07:43. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!