Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiyaga qarshi “juda qattiq sanksiyalar“ joriy etmadi

Tramp Rossiyaga qarshi “juda qattiq sanksiyalar“ joriy etmadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunda nazarda tutilgan choralarning aksariyatini qo‘llamaslikka qaror qildi. Bu haqda Oq uy e’lon qilgan farmonda aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya nefti va gazining yirik importchilariga nisbatan 100 foizlik bojlar joriy etilmaydi. Shuningdek, boshqa tovarlarga 500 foizlik boj qo‘llash chorasi ham hozircha to‘xtatib turiladi.

Mazkur choralar AQSh prezidenti yoki davlat kotibi boshqacha qaror qabul qilguniga qadar amalga oshirilmaydi. Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan amaldagi sanksiyalar o‘z kuchida qoladi.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!