Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp: "Rossiya Ukrainadagi urushni qasddan cho‘zmoqda"

Tramp: "Rossiya Ukrainadagi urushni qasddan cho‘zmoqda"

Moskva Rossiya-Ukraina urushini ataylab cho‘zmoqda.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar har safar muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish yo‘lida harakat qilganda, Rossiya kelishuvga to‘sqinlik qiladigan harakatlarni amalga oshiradi. Tramp bunday xatti-harakatni mutlaqo nomaqbul deb atadi.

"Men har safar biz unga yaqinlashamiz deb o‘ylasam, u borib kimgadir yana bomba tashlaydi - bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", dedi Tramp.

Seshanba kuni Amerika rahbari hali ham Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga barham berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni hal qilish AQSh uchun “eng oson” bo‘lib tuyuldi, biroq davlat rahbarlari – Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy darajasida vaziyat “o‘zaro adovat tufayli” murakkablashdi.

Kiritildi: 09:30 10.09.2025. O'qildi: 1064 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!