Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini shu haftadayoq yakunlashiga ishonch bildirdi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti "Rossiya kelishuvga tayyor ekanligiga qat’iy ishonadi va bunga tinchlikka erishish kurashmoqda".
Livittning qo‘shimcha qilishicha, Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols Ukrainadagi bu mojaroga barham berish uchun dam olish kunlarida ham kechayu kunduz ishlaydi.
Tramp va Putin o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik haqida so‘ralganda, Livitt tafsilotlarni ochiqlay olmasligini bildirdi. Uning aytishicha, prezident va uning jamoasi urushni yakunlash uchun ushbu mojaroning har ikki tomoni bilan muzokaralarni davom ettirishga e’tibor qaratgan.
"Prezident Donald Tramp ishonch bilan biz buni shu hafta hal qilishimizni aytmoqda", — deya ta’kidladi Livitt.