Shu yilning 24 fevral kuni Respublikamizda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” agentligining xabar berishicha, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati;
havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Ustyurtda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari;
havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari;
havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;
havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 23-25 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari;
havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari;
havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zgidromet” agentligi hafta boshidan O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishini ma’lum qilgandi.