Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Rossiya bo‘yicha muhim bayonot berishini va’da qildi

 Tramp Rossiya bo‘yicha muhim bayonot berishini va’da qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida dushanba, 14 iyul kuni Rossiyaga oid muhim bayonot berishini va’da qildi, biroq bu bayonot nima haqida bo‘lishini ochiqlamadi.

"O‘ylashimcha, dushanba kuni Rossiya bo‘yicha muhim bayonotim bo‘ladi", — dedi prezident.

So‘nggi kunlarda Donald Tramp Rossiya, Ukraina va urushga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini kamida uch marta ko‘rsatdi: u Putinning xatti-harakatlaridan juda norozi ekanini aytdi hamda uni “insonlarni faqat o‘ldirishni davom ettirmoqchi bo‘lgan shaxs” deb atadi, "Putindan faqat har xil bemani gaplarni eshityapman", dedi va AQSh yana Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashini bildirdi.

Kiritildi: 12:05 11.07.2025. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!