Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Rossiya bilan urush tugamasdan turib iqtisodiy kelishuvlar tuzishni ko‘rib chiqmoqda

Tramp Rossiya bilan urush tugamasdan turib iqtisodiy kelishuvlar tuzishni ko‘rib chiqmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya bilan Ukrainadagi urush tugashidan oldin ham ayrim iqtisodiy kelishuvlarni tuzish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda muzokaralardan xabardor ikki manbaga tayanib, The New York Times yozdi.

Avvalroq Tramp Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarni faqat Ukrainadagi urush tugaganidan keyin tiklash mumkinligini aytgan edi. Hozir esa Oq uyda Rossiya bilan ayrim iqtisodiy bitimlarni oldinroq tuzish Moskvaga munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha AQShning jiddiy niyatini ko‘rsatishi mumkin, degan fikr bor.

AQSh vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Rossiyaga iqtisodiy rag‘batlar berish masalasini muhokama qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, 5 sentyabr kuni Vladimir Putin bilan uchrashuvda Putin Rossiya qo‘shinlari bir necha oy ichida butun Donbassni egallashi mumkinligini aytgan.

Kushner esa bunga javoban:

«Siz bizga xuddi shu gapni bir yil oldin ham aytgan edingiz. Bir yildan keyin yana shu yerda o‘tirib, yana xuddi shu gapni eshitishimiz ehtimoli qanday? Balki yana bir yilni boy bermasligimiz kerakdir?»

Shu bilan birga, AQSh Rossiyaga bosimni ham kuchaytirmoqda. 18 sentyabr kuni Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Yangi choralar Rossiyaning energetika va mudofaa sohalariga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Ya’ni, Vashington bir tomondan Rossiyani muzokaralarga undash uchun iqtisodiy rag‘batlarni muhokama qilayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan Moskvaga nisbatan sanksiya va iqtisodiy bosimni saqlab qolmoqda.

Kiritildi: 16:45 19.09.2026. O'qildi: 1008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!