Vashington rahbari Donald Tramp 19 may kuni Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA iltimosiga binoan AQShning Eronga rejalashtirilgan zarbalarini bekor qilganini e’lon qildi.
Tramp bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.
"Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va BAA prezidenti Muhammad bin Zayd Ol Nahyon mendan ertaga Eronga rejalashtirilgan harbiy hujumimizni to‘xtatishimni so‘rashdi, chunki jiddiy muzokaralar olib borilmoqda va ular buyuk rahbarlar va ittifoqchilar sifatida Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Yaqin Sharq va undan tashqaridagi barcha mamlakatlar uchun to‘liq maqbul bo‘lgan kelishuvga erishiladi, deb hisoblashadi", deb yozgan Tramp.
Shu munosabat bilan u AQSh mudofaa rasmiylariga ertaga bo‘lib o‘tadigan hujumni bekor qilishni buyurdi. Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelishuv Eronning yadroviy qurol dasturidan voz kechishini o‘z ichiga oladi.
"Biroq, men qo‘shimcha ravishda ularga (agentliklarga) maqbul kelishuvga erishilmagan taqdirda istalgan vaqtda Eronga to‘liq ko‘lamli, yirik zarba berishga tayyor bo‘lishlarini buyurdim", deb xulosa qildi u.