Bugun 30 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Putinga Ukrainada “kichik otashkesim sulhi”ni taklif qilganini aytdi

Tramp Putinga Ukrainada “kichik otashkesim sulhi”ni taklif qilganini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Ukrainadagi ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilganini ma’lum qildi.

"Suhbatimiz yaxshi o‘tdi, men Putinni ancha vaqtdan beri taniyman", — dedi Tramp Oq uyning Oval kabinetida Artemis II missiyasi astronavtlari bilan uchrashuv chog‘ida jurnalistlarga.

"O‘ylaymanki, Putin o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh prezidenti, shuningdek, Putin unga Erondagi boyitilgan uranni olib chiqish masalasini hal qilishda yordam taklif qilganini bildirdi. Bu masala Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv yo‘lidagi asosiy to‘siq hisoblanadi.

"Men Putinga Ukraina bilan urushni to‘xtatishda ishtirok etishingizni ko‘proq xohlagan bo‘lardim, deb aytdim", — dedi Oq uy rahbari.

Avvalroq Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Rossiya rahbari Tramp bilan telefon muloqoti chog‘ida 9 may — G‘alaba kuni munosabati bilan Ukraina bilan sulh e’lon qilishga tayyorligini bildirgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 09:32. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!