Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Putindan Ukraina qurolli kuchlarini Kursk viloyatidan ozod qilishni so‘radi

 Tramp Putindan Ukraina qurolli kuchlarini Kursk viloyatidan ozod qilishni so‘radi

Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashib, Rossiya-Ukraina urushini tugatish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Amerika yetakchisi Truth Social tarmog‘ida yozgan.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan juda yaxshi va samarali suhbatlashdik”, — dedi Tramp.

❕ Keyin Amerika rahbari qo‘shib qo‘ydi: “Lekin! Ayni damda minglab ukrainalik askarlar rus qo‘shinlari tomonidan qurshab olingan va juda zaif holatda”.

Shu hafta boshida Kiyev Jiddadagi muzokaralardan so‘ng AQShning 30 kunlik otashkesim haqidagi taklifini qabul qilgan, shundan so‘ng Vashington Ukrainaga harbiy va razvedka yordamini qayta boshlagan edi.

Kreml taklif qilingan kelishuvning mustahkamligiga shubha bilan qaradi va Vashingtondan qo‘shimcha tushuntirish talab qildi. Payshanba kuni kechqurun Moskvada Rossiya prezidenti va AQSh maxsus vakili Stiv Vitkoff o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Uning aytishicha, bu “dahshatli va qonli mojaro” nihoyat tugashi uchun “juda yaxshi imkoniyat” bor.

Kiritildi: 22:22 14.03.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!