Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Putin bilan uchrashuvga Venssiz yo‘l oldi

Tramp Putin bilan uchrashuvga Venssiz yo‘l oldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 15 avgust kuni Alyaskada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan sammit o‘tkazish uchun yo‘lga chiqdi. Ushbu uchrashuvda vise-prezident Jey Di Vens ishtirok etmaydi. Bu haqda Oq uy rasman ma’lum qildi.

Air Force One bortida Trampni quyidagi amaldorlar hamrohlik qilmoqda: davlat kotibi Marko Rubio, moliya vaziri Skott Bessent, savdo vaziri Govard Latnik, maxsus elchi Stiv Uitkoff, matbuot kotibi Kerolayn Levitt va Markaziy razvedka boshqarmasi (SRU) direktori Jon Retkliff.

Sammitning asosiy mavzusi — Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish. Tramp uchrashuvdan so‘ng birinchi bo‘lib Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlari bilan ham aloqaga chiqishni rejalashtirgan.

Elisey saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp-Putin uchrashuvidan keyin Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashadi. Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukraina ishtirokisiz o‘tayotgan tinchlik muzokaralaridan norozilik bildirmoqda. Ular Kiyevning ishtiroki, ayniqsa urushga doir qarorlarda, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda.

Trampning mazkur tashrifi va vise-prezident Vensning unga hamrohlik qilmagani siyosiy tahlilchilar tomonidan ehtiyotkorlik bilan kuzatilmoqda. Bu holat AQSh tashqi siyosatining yangi bosqichga o‘tayotganidan dalolat berishi mumkin.

Kiritildi: 17:59 15.08.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!