Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Putin bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchi

Tramp Putin bilan uchrashuv chog‘ida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga erishmoqchi

Bu haqda Emmanuel Makron fikr bildirdi.

Fransiya prezidenti, shuningdek, Donald Tramp har qanday hududiy masalalarni faqat Ukraina ishtirokida va muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinligini bildirganini aytdi.

"Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz shart! Men “biz” deganda ham yevropaliklar, ham amerikaliklarni nazarda tutyapman", — deya qo‘shimcha qildi Makron.

Avvalroq, Tramp Yepropa yetakchilari va Zelenskiy bilan muloqot o‘tkazayongani ma’lum bo‘lgandi

Shuningdek, Germaniya kansleri Mers ham Ukraina hududiy masalalarni muhokama qilishga tayyorligini, ammo boshlang‘ich nuqtasi qarama-qarshilik chizig‘i bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. "Rossiya tomonidan bosib olingan hududni qonuniy tan olish muhokama mavzusi emas", deya qo‘shimcha qildi kansler.

Kiritildi: 20:37 13.08.2025. O'qildi: 644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!