AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ular deyarli ikki soat davomida muloqot qilgan va ko‘plab mavzularni muhokama qilgan, biroq bu masala ko‘tarilmagan.
"Putin Ukraina energetika infratuzilmasiga zarbalarni vaqtincha to‘xtatishga rozi bo‘lgan, ammo Tramp tinchlikka erishish yo‘lidagi birinchi qadam deb hisoblayotgan 30 kunlik to‘liq sulh g‘oyasini rad etgan", deya xabar beradi Fox News.
Kreml esa mojaroga barham berishning asosiy sharti sifatida Kiyevga xorijiy harbiy yordamni to‘xtatish kerakligini ta’kidladi.