AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaga Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini yuborishini e’lon qildi. U kecha jurnalistlar bilan suhbatda shunday dedi:
«Biz ularga Patriot’larni yuboryapmiz — ularga bu tizimlar juda zarur. Putin haqiqatan ham ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. U chiroyli gapiradi, lekin kechqurun hammani bombardimon qiladi».
Tramp Ukrainaga necha dona Patriot tizimi yuborilishi haqida aniq ma’lumot bermadi.
Shundan atigi ikki hafta oldin Tramp Ukrainaga muhim qurol yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Patriot tizimlari NATO orqali yetkaziladi va NATO tomonidan moliyalashtiriladi:
«Bu uchun Yevropa Ittifoqi to‘laydi. Biz hech narsa to‘lamaymiz, lekin biz yetkazib beramiz. Asosan, biz ularga yuqori texnologiyali harbiy uskunalarni yuboryapmiz va ular bunga 100% to‘laydi», — dedi Tramp.
Biroq, anaqa qaysi Yevropa mamlakatlari to‘lov qiladi — hozircha noma’lum.
Shuningdek, Tramp bugun Rossiyaga oid «muhim bayonot» qilishini ma’lum qildi. Kutilmoqdaki, AQSh Kongressi Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.