Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSh prezidenti Eron muxolifati yetakchilaridan biri, sobiq shohning o‘g‘li Rizo Pahlaviy "juda ajoyib inson bo‘lsa-da, uning Eronda yetarli darajada qo‘llab-quvvatlovga erishib, hokimiyatni egallay olishi mumkinligiga ishonchi yo‘qligi"ni ma’lum qildi.
Tramp Reuters'ga bergan intervyusida Eronda diniy boshqaruvdagi hukumat qulashi ehtimoli borligini aytib, Pahlaviyning o‘z mamalakati ichida qanday qabul qilinishini bilmasligini, agar u eronliklar qabul qilinsa, bu ma’qul ish bo‘lishini ta’kidladi.
65 yoshli Rizo Pahlaviy 1979 yilgi Islom inqilobida otasi hokimiyatdan ag‘darilganidan buyon Eron tashqarisida yashab keladi va so‘nggi paytlarda norozilik namoyishlarida muhim ovozga aylangan.