AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy ma’muriyati Livan hukumatini "Hizbulloh" radikal guruhini qurolsizlantirishda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Tramp bu haqda Isroil parlamentida (Knesset) nutq so‘zlagan paytida aytib o‘tdi.
"Mening ma’muriyatim Livan hukumati va ularning "Hizbulloh"ni qurolsizlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini faol qo‘llab-quvvatlaydi. Livan prezidenti to‘g‘ri ish qilyapti", - dedi Tramp.