Donald Trampning mashhurligi qator bahsli farmonlardan so‘ng pasaymoqda. Reuters/Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovga ko‘ra, uning reytingi 47% dan 45% ga tushgan, uni qo‘llab-quvvatlamaydiganlar ulushi esa 39% dan 46% ga oshgan.
📊 Eng katta norozilik quyidagi qarorlar bilan bog‘liq:
Meksika qo‘ltig‘ini «Amerika qo‘ltig‘i» deb qayta nomlash — bu tashabbusga 70% amerikaliklar qarshi chiqdi.
«Tuproq huquqi»ni bekor qilish urinishlari (AQShda tug‘ilgan bolalarga, ularning ota-onasi noqonuniy muhojir bo‘lsa ham, fuqarolik berish) — 59% respondent bu qarorni qo‘llab-quvvatlamadi.
Amerikaliklar federal idoralar tarkibidagi xilma-xillik va inklyuzivlik (DEI) bo‘limlarini yopish qarorini ham bahsli qabul qildi: 51% qarshi, 44% esa ma’qulladi. Siyosiy bo‘linish Trampning ittifoqchisi Ilon Maskga munosabatda ham sezildi: respublikachilarning 75% uni ijobiy baholasa, demokratlarning 90% salbiy fikr bildirdi.
Uning migrasiya siyosatini 48% qo‘llab-quvvatlaydi, 41% esa qarshi.
Federal xizmatchilarni yollashni muzlatib qo‘yish qarorini amerikaliklarning 49% ma’qulladi, jumladan 43% demokratlar ham.
Ushbu onlayn so‘rov 24–26 yanvar kunlari 1034 nafar amerikalik ishtirokida o‘tkazilgan. Natijalarning xatosi taxminan 4 foiz punktni tashkil qiladi.