Ayrim manbalarga ko‘ra, Donald Tramp oilasining Eron atrofidagi mojarolardan oldin dron sohasiga sarmoya kiritgani katta muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, 2026 yil 17 fevralda uning o‘g‘li Erik Tramp Isroilning XTEND nomli sun’iy intellektli dronlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasiga sarmoya kiritgan.
Ma’lum qilinishicha, oradan 11 kun o‘tib AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari boshlangan. Yana 5 kundan keyin esa XTEND “ittifoqchi mudofaa missiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun global operasiyalarni safarbar qilgani”ni ma’lum qilgan.
Shu bois, tanqidchilar bu holatni oddiy biznes emas, balki siyosat va shaxsiy manfaatlar aralashib ketgan vaziyat sifatida baholamoqda. Ularga ko‘ra, Tramplar oddiy amerikaliklar manfaatlaridan ko‘ra o‘z foydasini ustun qo‘yayotgandek ko‘rinmoqda.