AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan fe’l-atvori tufayli til topishganini aytdi. Amerikalik siyosatchi You Tubening Impaulsive kanaliga bergan intervyusida u kuchli odamlar bilan aloqa o‘rnatishni yaxshi bilishini, ammo zaiflar bilan emasligini tushuntirdi.
«Men zaiflar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmayman», dedi shtatlarning sobiq rahbari.
Tramp, shuningdek, siyosatchi rossiyalik hamkasbi bilan munosabatlarida «juda qattiqqo‘l» bo‘lsada, Putin bilan «juda yaxshi munosabatda» ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Xitoy rahbari Si Szinpinni ham hurmat qilgan.