AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Eron masalasida ayrim kichik kelishmovchiliklar mavjudligini ma’lum qildi.
Jurnalistlarning Netanyaxu bilan Eron mavzusida «bir to‘lqindamisizlar» degan savoliga javob berar ekan, Tramp orada «kichik kelishmovchiliklar» borligini, ammo umuman olganda pozisiyalari «juda yaqin» ekanini ta’kidladi.