Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Misr yetakchisi idorasi ma’lum qildi.
Nashrning qayd etishicha, Oq uy rahbari Misr prezidentiga Vashingtonga tashrif buyurish va u bilan AQSh ma’muriyatida uchrashish uchun ochiq taklif yuborgan.
Bungacha Tramp arab davlatlarida uy-joyidan ayrilgan G‘azo aholisini ko‘chirish mumkin, deb hisoblagan edi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u bu masalani Iordaniya qiroli Abdulla II bilan muhokama qilgan va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan ham muhokama qilish niyatida.
Jurnalistlar Trampdan muammoni vaqtinchalik hal qilishni nazarda tutgan yoki yo‘qligini aniqlab berishni so‘rashgan. Bunga Amerika rahbari javob berdiki, bu vaqtinchalik yoki uzoq muddatli variant bo‘lishi mumkin.