AQSh prezidenti Donald Tramp Timoti Xogni Milliy xavfsizlik agentligi direktori lavozimidan ozod qildi.
Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar bermoqda.
"AQShning ikki amaldagi va bir sobiq amaldoriga ko‘ra, payshanba kuni Milliy xavfsizlik agentligi direktori ishdan bo‘shatildi. Rasmiylarga ko‘ra, AQSh Kiberqo‘mondonligini ham boshqargan general Timoti Xog va MXAdagi fuqarolik o‘rinbosari Vendi Nobl bilan birga ishdan bo‘shatildi" - deb yozadi gazeta.
Nashrning xabar berishicha, Nobl mudofaa vazirining razvedka bo‘yicha o‘rinbosari kabinetiga o‘tkazilgan.
Kiberqo‘mondonlikdagi ishdan bo‘shatilgan Xogning o‘rinbosari bo‘lgan general-leytenant Uilyam Xartman MXA muvaqqat direktori lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi The Washington Post.