"Kiyev ushbu ikki davlat rahbari uchrashib, yopiq eshiklar ortida “global kelishuv”ga erishishidan xavotirda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Vladimir Putin bilan uchrashuvini “Ukrainada tinchlikka erishishga olib keluvchi yagona yo‘l” deb hisoblamoqda. Putin uchun bunday uchrashuvlar “sovuq urush” davridagi holatni eslatadi, o‘shanda Moskva va Vashington uchinchi tomonlarning ishtirokisiz dunyoni taqsimlar edi", deyiladi maqolada.
The Telegraph'ning yozishicha, Rossiya prezidenti aynan shunday ssenariyga umid qilmoqda. Kiyevda esa Tramp Ukraina ortidan tuziladigan haqoratli “kelishuv” holatiga duch kelishdan havotirda.