Bu haqda Politico nashri xabar bermoqda.
"Milliarder Ilon Mask yaqin haftalarda o‘z vazifalarini bajarishni to‘xtatadi. AQSh prezidenti Donald Tramp kecha bu haqda yaqin atrofiga ma’lum qilgan", deb yozadi Politico manbalarga tayanib.
Tramp Oq uyga qaytgach, Mask Hukumat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) rahbarligiga tayinlangan edi. So‘nggi vaqtlarda bu idora faoliyati bir necha bor tanqidga uchragan. Biroq AQSh prezidenti o‘z safdoshi faoliyatidan mamnun ekanini ta’kidlagan.