AQSh prezidenti Donald Tramp tadbirkor Ilon Maskning "relsdan chiqib ketganini" ko‘rib, qayg‘uda ekanligini aytdi.
U biznesmenning siyosiy partiya tuzish rejalariga izoh berib, Truth Social nashriga tegishli maqolani joylashtirgan.
"Men Ilon Maskning so‘nggi besh hafta ichida relsdan butunlay chiqib, falokatga uchraganini ko‘rganimdan afsusdaman. U hatto uchinchi siyosiy partiyani ham yaratmoqchi, garchi ular AQShda hech qachon muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, tizim buning uchun mo‘ljallanmaganga o‘xshaydi" - dedi Tramp va bunday siyosiy kuchlar "nifoq va tartibsizlikni keltirib chiqarishini" qo‘shimcha qildi.