AQSh prezidenti Oq uyda Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvi chog‘ida suhbatdoshining siyohli ruchkasini deyarli ikki daqiqa davomida qo‘lida ushlab turib uning kelib chiqishini so‘rab-surishtirgan.
"Bu yaxshi ruchka, uning yozuvi chiroyli, qalin", - dedi Tramp va ruchkani o‘zida qoldirishni so‘radi. Bu tomoshabinlarni kuldirdi.
Shundan so‘ng Janubiy Koreya prezidenti ruchkani amerikalik hamkasbiga sovg‘a qildi va “bu sizning murakkab imzoingiz uchun qo‘l keladi” deb qo‘shimcha qildi.
Ushbu ruchka Koreyaning Zenyle kompanyasi tomonidan ishlab chiqilgan va unda MonAmi perosidan foydalanilgan. Tramp maqtovidan so‘ng buyurtmalar soni keskin oshgan, ikki kun ichida kompaniya aksiyalari 37,5 foizga o‘sgan.