Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp ma’muriyati Venesuela oltini va boshqa minerallariga qiziqish bildirmoqda

Tramp ma’muriyati Venesuela oltini va boshqa minerallariga qiziqish bildirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Venesuelaning mineral resurslariga, jumladan oltin zaxiralariga yanada kengroq kirish imkoniyatini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Reuters manbalarga tayanib xabar berishicha, Vashingtonning Venesuela tabiiy boyliklariga bo‘lgan qiziqishi endi faqat neft bilan cheklanib qolmayapti.

Manbalarga ko‘ra, bu sa’y-harakatlar Venesuela konchilik sektorini AQSh investisiyalari uchun ochishi va Amerika kompaniyalariga mamlakat milliy xavfsizligi uchun muhim hisoblangan minerallarga kirish imkonini berishi mumkin.

Tramp ma’muriyati AQShning Venesuela konchilik sektoridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan bir qator choralarni ko‘rib chiqmoqda. Jumladan, strategik ahamiyatga ega minerallar bo‘yicha maxsus farmon qabul qilinishi ham ehtimol qilinmoqda.

Hozircha ushbu hujjat ishlab chiqish bosqichida va Vashingtonning yakuniy strategiyasi hali o‘zgarishi mumkin.

Reuters shuningdek, AQSh rasmiylari bir qator kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ularning Venesuela konchilik sohasiga sarmoya kiritish yoki boshqa shaklda ishtirok etishga qiziqishini o‘rganganini qayd etdi.

Kiritildi: 23:52 08.09.2026. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!