Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp ma’muriyati o‘smir muhojirlarga vatanga ixtiyoriy qaytish uchun 2500 dollar to‘laydi

Tramp ma’muriyati o‘smir muhojirlarga vatanga ixtiyoriy qaytish uchun 2500 dollar to‘laydi

Tramp ma’muriyati voyaga yetmagan muhojirlarga o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytishlari uchun 2500 dollar to‘lashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Associated Press muhojirlarni saqlash markazlariga yuborilgan elektron xatga tayanib.

Ma’lumotga ko‘ra, 14 yosh va undan katta o‘smirlarga vatanlariga ixtiyoriy qaytish uchun ushbu to‘lov taklif etiladi. Bolalarga taklifga javob berish uchun faqat 24 soat vaqt beriladi.

Shu bilan birga, AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) tashabbusning kuchga kirish sanasini hali e’lon qilmagan. Taklifni rad etganlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan choralar haqida ham ma’lumot berilmagan.

ICE ma’lumotiga ko‘ra, dastlab bu taklif 17 yoshli o‘smirlarga taalluqli bo‘ladi va to‘lovlar faqat sud tasdig‘idan keyin hamda bola o‘z mamlakatiga yetganidan so‘ng amalga oshiriladi.

AQSh hukumati avvalroq qonuniy maqomga ega bo‘lmagan muhojirlarga mamlakatni tark etishni talab qiluvchi xatlar yuborishni boshlagan edi. O‘z ixtiyori bilan ketganlarga sayohat yordami hamda manziliga yetib borgach, 1000 dollar miqdorida to‘lov berilishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: 13:57 04.10.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!