Biroq keyinchalik yetkazib berishlar qayta tiklandi, deb xabar bermoqda Reuters
Agentlik manbalariga ko‘ra, yetkazib berishlar o‘tgan dam olish kunlari, ya’ni 1-2 fevral kunlari qayta boshlangan.
Reuters suhbatdoshlaridan birining aytishicha, AQSh qurol yuborishni boshlagan, chunki prezident Donald Tramp o‘zining dastlabki rejasi — Ukrainaga yordamni butunlay to‘xtatish fikridan voz kechgan.
"Tramp ma’muriyati vakillari Ukrainaga yordam berish masalasida turlicha fikrda, xususan, Qo‘shma Shtatlar o‘z zaxiralaridan qurol yuborishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan savolda kelishmovchiliklar mavjud", dedi agentlikning yana bir manbasi.
Donald Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng, AQSh hukumati Ukrainaga yangi yordam paketlari ajratishni e’lon qilmadi. Shu bilan birga, oldingi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan ma’qullangan harbiy yordamni yetkazib berish hali yana bir necha oy davom etishi kutilmoqda.