Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp ma’muriyati Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi

A A A
Tramp ma’muriyati Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi

Tramp ma’muriyati AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilari tomonidan moliyalashtirilgan Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi.

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, gap AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Elbrij Kolbi tomonidan ma’qullangan, 500 million dollarlik ikki harbiy yordam jo‘natmasi haqida bormoqda.

"Bu PURL (Priority Ukraine Requirements List — Ukraina uchun ustuvor ehtiyojlar ro‘yxati) deb nomlanuvchi yangi mexanizmdan ilk bor foydalanilayotgan holat hisoblanadi. Harbiy yordam yaqin kunlarda Ukrainaga yetkazilishi kutilmoqda", deya yozmoqda Reuters.

Kiritildi: 20:05 17.09.2025. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!