Nashr manbalariga ko‘ra, Vashington Kiyevdan qo‘shma investisiya jamg‘armasi ustidan nazoratni tartibga soluvchi batafsil shartlarga rozi bo‘lishni talab qilmoqda. Shuningdek, AQSh bitimga boshqa aktivlarni, jumladan, atom elektr stansiyalarini ham kiritish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda.
"Qo‘shma Shtatlar tomoni hozircha rasmiy yangi shartlarni taqdim etmagan, ammo kengroq kelishuv ustida faol ish olib bormoqda. Ukraina hukumatida Vashingtonning bosimi Kiyevni noqulay shartlar asosidagi kelishuvni qabul qilishga majbur qilishi mumkinligi borasida xavotir mavjud", deb yozadi FT.
Ukraina bitimni bosqichma-bosqich muhokama qilishga intilib, minerallar va atom elektr stansiyalari masalalarini aralashtirmaslikka harakat qilmoqda. AQShning bu talablari Kiyev uchun qanchalik maqbul bo‘lishi hozircha noma’lum. Muzokaralar davom etmoqda.