Tramp ma’muriyati Maduroni qo‘lga olish operasiyasi tugaganidan keyingina AQSh Kongressiga bu haqda xabar berdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati buni AQSh Konstitusiyasining ikkinchi moddasi asosida prezident mamlakat oliy bosh qo‘mondoni hisoblanishi bilan izohlagan. Oq uyning avvalgi ma’muriyatlari AQSh harbiy operasiyalarini amalga oshirish haqida Kongressni u boshlanishidan oldin xabardor qilgan.
Shu bilan birga, Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls avvalroq Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida, Qo‘shma Shtatlarning Venesuelaga zarba berishi uchun Kongressning tasdig‘i zarur ekanini aytgandi.