AQSh tinchlik kelishuviga erishilmaguncha Eronga qarshi sanksiyalarni yumshatmaydi.
Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
"Ular kelishuv imzolamaguncha men hech qanday yon bermayman. Yo‘q, biz hech narsa taklif qilmadik", deb ta’kidladi u.
Avvalroq Tasnim axborot agentligi manbaga tayanib, Vashington Tehron bilan muzokaralar davomida Eron neftiga qarshi sanksiyalarni to‘xtatishga rozi bo‘lganini da’vo qilgan edi.