AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati boshqa davlatlarga Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini qayta tiklash maqsadida yangi alyans tuzishni taklif qilmoqda.
Bu haqda AQSh Davlat departamentining diplomatik telegrammasiga tayangan holda "The Wall Street Journal" nashri yozmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus «Kemalar qatnovi erkinligi dengiz koalisiyasi» (Maritime Freedom Construct) deb nomlangan.
Qayd etilishicha, mazkur taklif haqidagi telegramma AQShning xorijdagi elchixonalariga yuborilgan bo‘lib, unda amerikalik diplomatlardan chet el hukumatlarini ushbu alyansga qo‘shilishga ko‘ndirish so‘ralgan.