Bugun 5 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Maduroning AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olinganidan keyingi fotosuratini e’lon qildi

Tramp Maduroning AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olinganidan keyingi fotosuratini e’lon qildi

Tramp Venesueladagi maxsus operasiyani “diktator Maduroni ag‘darish harakati” deb ta’rifladi.

Qo‘shma Shtatlarning Venesueladagi operasiyasi “Yarim tun bolg‘asi” deb nomlangan. Bu haqda AQSh prezidenti matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Venesuela hukumati bizning u yerga borishimizni bilardi, ular bunga tayyor edi, ammo biz ularni dog‘da qoldirdik. Ushbu amaliyotda birorta ham amerikalik harbiy halok bo‘lmadi, birorta ham texnika yo‘qotilmadi. Bunday holatni Ikkinchi jahon urushidan beri hech kim ko‘rmagan", — dedi Tramp.

Shuningdek, Tramp Maduroning AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olinganidan keyingi fotosuratini e’lon qildi.

"Nikolas Maduro USS Iwo Jima kemasi bortida", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Kiritildi: 22:22 03.01.2026. O'qildi: 1970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!