2026/2027 o‘quv yilidan boshlab homilador yoki 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan talabalar uchun ta’limni davom ettirish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Jumladan:
➖ kursdan qolgan yoki talabalar safidan chiqarilganlarga fanlar farqini topshirish sharti bilan o‘qishni davom ettirish imkoni beriladi;
➖ fanlarni o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha muddat ajratiladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi:
➖ akademik ta’til paytida masofaviy ta’lim orqali o‘qishni davom ettirish,
➖ masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish
bo‘yicha takliflar kiritadi.