Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Ko‘p narsa Putinning harakatlariga bog‘liq"

Tramp: "Ko‘p narsa Putinning harakatlariga bog‘liq"

Vashingtonning Moskvaga nisbatan keyingi harakatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bog‘liq bo‘ladi.

Bu haqda Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berish jarayonida aytib o‘tdi.

Trampdan Rossiya va Ukraina o‘rtasida mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish uchun belgilagan muddat hali ham amaldami, degan savol berildi. Uning muddati 8 avgustda tugashi kutilmoqda, shundan so‘ng AQSh Moskva va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik savdo bojini joriy etish niyatida edi.

"Bu Rossiya rahbariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘ramiz, u nima deydi, o‘ziga bog‘liq bo‘ladi", - dedi Tramp Rossiya rahbariyatining pozisiyasidan "juda xafa bo‘lgan" tezislarini takrorlarkan.

Kiritildi: 10:45 08.08.2025. O'qildi: 856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!