Trampning fikricha, milliarder Jorj Soros AQShdagi noroziliklarni qo‘llab-quvvatlagan.
"Jorj Soros va uning “ajoyib” radikal-sosialist o‘g‘li qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi kerak. Chunki ular butun AQSh bo‘ylab zo‘ravonlikka asoslangan norozilik namoyishlarini va boshqa ko‘plab noqonuniy harakatlarni qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda. Biz bu telbalarga Amerikani parchalashlariga, uni “nafas olish” va erkin yashash imkoniyatidan mahrum qilishlariga yo‘l", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"Soros va uning aqldan ozgan guruhi mamlakatimizga ulkan zarar yetkazdi! Bu safga uning G‘arbiy sohildagi telba do‘stlari ham kiradi. Ehtiyot bo‘ling, biz sizni kuzatmoqdamiz!", — deya qo‘shimcha qildi.