Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp jinoyatchilik muammolari tufayli AQSh shaharlarini JCH-2026 o‘yinlaridan mahrum qilishi mumkinligini aytdi

Tramp jinoyatchilik muammolari tufayli AQSh shaharlarini JCH-2026 o‘yinlaridan mahrum qilishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning ayrim shaharlarini JCH-2026 o‘yinlarini o‘tkazish huquqidan mahrum qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Amerika yetakchisi buni Boston misolida jinoyatchilik bilan bog‘liq muammolar bilan izohladi.

"Men Boston aholisini yaxshi ko‘raman. Bilaman, o‘yinlarga chiptalar sotib bo‘lingan, lekin sizning meringiz yomon. Agar kimdir o‘z ishini yaxshi uddalay olmayotgan bo‘lsa va men sharoitlar xavfsiz emas deb hisoblasam, men FIFA rahbari Janni [Infantino]ga qo‘ng‘iroq qilaman, u fenomenal inson va aytaman: "Keling, buni boshqa joyga ko‘chiramiz." Va u shunday qiladi," - dedi Tramp Oq uyda.

JCH-2026 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:55 15.10.2025. O'qildi: 668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!