Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp JCH-2026'da braziliyalik muxlislarga viza berishni taqiqlashi mumkin

Tramp JCH-2026'da braziliyalik muxlislarga viza berishni taqiqlashi mumkin

AQSh va Braziliya o‘rtasida yuzaga kelgan diplomatik keskinlik futbol muxlislariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. CNN'ning Braziliyadagi filiali xabariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp braziliyaliklarga viza berishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, jumladan, futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan vaqtda ham.

Cheklovlar futbolchilarga ta’sir qilmasligi aniq - Braziliya terma jamoasi allaqachon mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Ammo braziliyalik muxlislar AQShga kirmaslik xavfi ostida. Donald Tramp bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan FIFA rahbari Janni Infantino bunga qanday munosabat bildirishi qiziq.

2026 yilgi jahon chempionatiga biryo‘la uch davlat - AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 16:44 31.07.2025. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!