Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozi operasiyasiga taklif qildi

Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozi operasiyasiga taklif qildi

Donald Tramp Janubiy Koreyani Hormuz bo‘g‘ozidagi AQSh harbiy operasiyasiga qo‘shilishga chaqirdi.

Uning Truth Socialdagi bayonotiga ko‘ra, Eron tomonidan bir qator kemalarga hujum qilingani bu taklifga asos bo‘lgan.

Tramp fikricha, “Hormuz bo‘g‘ozini ochish” bo‘yicha operasiyada AQSh bilan hamkorlik qilish vaqti kelgan va Janubiy Koreya ham bu jarayonga qo‘shilishi kerak.

Shuningdek, u avvalroq Eronga nisbatan qattiq bayonotlar berib, AQSh harbiy kemalariga hujum bo‘lsa keskin javob qaytarilishini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh tomonidan Xitoyga ham ushbu operasiyaga qo‘shilish bo‘yicha chaqiriq yo‘llangani aytilmoqda.

Kiritildi: 23:21 04.05.2026. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!