AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning jamoasi Amerikaning amaldagi ma’muriyati va Ukraina rasmiylari bilan Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda NBC News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, kelishuv rejasining aniq tafsilotlari hali Trampning maslahatchilari va uning ma’muriyatidagi lavozimlarga nomzodlar tomonidan taqdim etilmagan.
"Tramp o‘z prezidentligining birinchi kunidayoq o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish borasida haqiqatan ham jiddiy”, - deya manbalardan biriga iqtibos keltirgan telekanal.
Ularning ta’kidlashicha, AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ushbu lavozimda o‘zining vorisi Mayk Vals bilan bir necha bor suhbatlashgan. Ular ma’lumot almashishga e’tibor qaratgani, ammo mojaroga barham berish yoki sulhni ta’minlash strategiyalarini muhokama qilmagani ta’kidlanadi.