"Bunday bo‘lmaydi. Chunki men Arab davlatlariga so‘z berganman. Hozir buni qilish mumkin emas. Biz Arab dunyosidan katta qo‘llab-quvvatlov oldik", — dedi AQSh prezidenti.
Oq uy rahbari mabodo Isroil bunga harakat qiladigan bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlardan olinadigan barcha yordamni yo‘qotishi mumkinligini eslatdi.
Avvalroq, Isroil parlamenti (Knesset) bosib olingan Falastinning G‘arbiy sohil hududiga Isroil qonunlarini tatbiq etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini dastlabki ovoz berishda ma’qullagan edi, bu harakat annekciya bilan teng deb baholanmoqda.