Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasidagi sulh bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi

Tramp Isroil va «Hizbulloh» o‘rtasidagi sulh bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Livanning «Hizbulloh» harakati vakillari bilan telefon orqali muloqot qilganini ma’lum qildi.

«Men Isroil bosh vaziri Bibi Netanyaxu bilan juda sermahsul suhbat o‘tkazdim. Bayrutga hech qanday qo‘shin yuborilmaydi, yo‘lda bo‘lgan bo‘linmalarga esa ortga qaytish haqida buyruq berildi», — deb yozdi u Truth Social tarmog‘ida.

Bundan tashqari, AQSh yetakchisi «Hizbulloh» vakillari ham u bilan bo‘lgan suhbatda o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga rozi bo‘lganini aytdi.

«Isroil ularga hujum qilmaydi, ular ham Isroilga hujum qilmaydi», — deya xulosa qildi Tramp.

Kiritildi: 23:29 01.06.2026. O'qildi: 136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!