AQSh prezidenti Donald Tramp Marokashdan Ispaniyaga noqonuniy muhojirlarning kirib kelishini falokat va bosqinchilik deb ta’rifladi.
Bu haqda Tramp OAV vakillari bilan suhbat jarayonida ma’lum qildi.
"Kecha men Ispaniyada sodir bo‘lgan falokatni kuzatdim. Bu yuz minglab odamlarning mamlakatga bostirib kirishiga o‘xshaydi", dedi Tramp juma kuni Kemp-Deviddagi qarorgohida so‘zga chiqib.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, "agar respublikachilar saylanmasa, Qo‘shma Shtatlar bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi, faqat undan ham battarroq".
"Agar biz hokimiyat tepasida bo‘lmasak, mamlakatimizga bostirib kirishadi", deb xulosa qildi u.
31 iyul kuni Marokashdan o‘n minglab noqonuniy muhojirlar Ispaniyaning Seuta avtonom shahriga bostirib kirishdi, bu esa rasmiylarni qo‘shinlarni joylashtirishga undadi. Ba’zilar qirollik chegarasini suzish orqali kesib o‘tishga urinishdi va cho‘kib ketishdi. Avtonom mintaqa qirg‘oqlari yaqinida 57 kishining jasadi topildi.